MA`RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ: Муносабат


Муносабат

YouTube
САНИ НИМА ҲАҚҚИНГ БОР ГАИ ХОДИМЛАРИНИ ОБРЎСИЗЛАНТИРИШГА, СЕН КИМСАН ЎЗИ?

открыть в телеграме

MA`RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ: Тонгни табассум билан қаршиланг


Тонгни табассум билан қаршиланг

YouTube
ЎҚИМАЙ ПРАВА ОЛИШНИНГ НАТИЖАСИ ЁҲУД БАЛИҚ ОВИГА КЕТГАН ТОРМОЗ

открыть в телеграме

MA`RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ: ​O‘zbek ma’rifatparvarlaridan Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxu


​​O‘zbek ma’rifatparvarlaridan Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida «...Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko‘rsatur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurib berur. To‘g‘ri yo‘lga rahnomolik qilub, dunyo va oxiratda ma’sud bo‘lishimizga sabab bo‘lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxat kabidur... Ilmning foydasi shu qadar ko‘pdurki, ta’rif qilg‘on birlan ado qilmak mumkin emasdur. Bizlarni jaholat qorong‘ulig‘idan qutqarar. Madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur yaxshi xulq va odob sohibi qilur...», deydi. Bu ilmu ma’rifatni tarqatuvchilar esa, avvalambor, ustoz-muallimlardir.
Hozirgi kunda yurtimizda ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar orasida «O‘zbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lganlar ham bor. Qanchadan-qancha soha fidoyilari «O‘zbekiston Res¬publikasi xalq o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi», «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» singari faxriy unvonlar bilan taqdirlangan. Ko‘plab ustoz va murabbiylarning ko‘ksini «El-yurt hurmati», «Fidokorona xizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati», «Sog‘lom avlod uchun», «Do‘stlik» ordenlari, «Shuhrat» medali bezab turibdi. Bularning barchasi ularning zahmatli mehnati davlatimiz tomonidan munosib baholanayotganidan darakdir.
Globallashuv davri xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning integratsiyasi, ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlardan ijodiy foydalanishni taqozo etmoqda. Bunday sharoitda yurtimizning nafaqat ustoz va murab¬biylari, har bir oilada ota-onalarning vazifasi – o‘z millatining raqobatbardoshligini ko‘tarish yurtimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ilmli, ma’rifatli, kasb-hunarli, mustaqil fikrga ega bo‘lsalar, biz hech kimdan kam bo‘lmaymiz.
Buning uchun, birinchi navbatda, o‘qituvchi va murabbiylar muttasil o‘z ustlarida ishlashlari, doim o‘z bilimlarini boyitib, kasbiy mahoratlarini oshirib borishlari zarur. Bu esa yosh avlodni barkamol shaxslar sifatida shakllantirishi, mamlakat taraqqiyotini ta’minlashning eng muhim omillaridan biridir.
Aytmoqchi bo‘lgan fikrlarimni umumlashtirishga chog‘langan edimki, O‘zbekis¬ton Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning ustozlarni madh etgan quyidagi satrlari xotiramda jonlandi:
Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor –
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko‘kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni baxtiyor etib,
O‘rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o‘rgatdingiz qancha ranj bilan.
Qoplab bo‘larmikan bu qarzni alhol,
Uzib bo‘larmikan yuzta ganj bilan.

Akram AKMALOV, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi.


открыть в телеграме

MA`RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ: Denovda profilaktika inspektorlariga faol qarshilik ko‘rsatgan shax

MA`RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ: Denovda profilaktika inspektorlariga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxslar 15 sutkaga qamoqqa olindi

открыть в телеграме



Популярное

Список каналов